Navoiy viloyatining Karmana tumanida 18 yoshli qiz zargarlik do‘konidan umumiy qiymati 170 mln. so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketdi.
IIV matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 12 iyunda Karmana tuman ichki ishlar bo‘limiga “ADXAM GOLD” korxonasi direktoridan murojaat arizasi tushgan. Uning ta’kidlashicha, 10 iyunda noma’lum ayol “Buyum” bozorida joylashgan zargarlik do‘koniga kirib, sotuvchilar e’tiborini chalg‘itib, zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.
IIVning OAV va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasida xabar qilinishicha, ko‘rilgan choralar davomida avval sudlangan namanganlik 18 yoshli qiz ushlangan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari ushbu jinoyat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishgan, tergov ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi