20:38 / 15.06.2019
2 939

Hotamjon Ketmonov: Test sinovlarida jamoatchilik va OAV nazorati o‘rnatiladi

Hotamjon Ketmonov: Test sinovlarida jamoatchilik va OAV nazorati o‘rnatiladi
Bugun, 15 iyun kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Davlat test markazi direktori Majid Karimov hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Hotamjon Ketmonov ishtirokida 2019/2020 o‘quv yiliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqan Hotamjon Ketmonov bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan test sinovlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi:

– Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi belgilangan nizomga ko‘ra hujjatlar topshirish, imtihonlarni o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish jarayonida bevosita ko‘makchi bo‘ladi. Hozirdanoq xodimlarimiz joylarda ishlashyapti. Test sinovlarida ham jamoatchilik, OAV vakillari, ota-onalarning nazoratini yo‘lga qo‘yamiz. Faqat bir narsani unutmaslik lozim, bunday imkoniyatga ega bo‘lgan jamoatchilar imtihon jarayoniga xalaqit qilmasligi, abituriyentlar diqqatini chalg‘itmagan holda ishlashlari shart.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hotamjon Ketmonov: Test sinovlarida jamoatchilik va OAV nazorati o‘rnatiladi