17:40 / 16.06.2019
3 234

Zafar Hoshimovning import oyoq kiyimlarga boj to‘lovining oshirilishi haqidagi taklifga munosabati

Zafar Hoshimovning import oyoq kiyimlarga boj to‘lovining oshirilishi haqidagi taklifga munosabati
Foto: Alter Ego
Tadbirkor Zafar Hoshimov Facebook’dagi sahifasida import oyoq kiyimlarga boj to‘lovi miqdorining oshirilishi haqidagi taklifga munosabat bildirdi.

«Agar ushbu o‘zgartirishlar sohaga joriy qilinsa, sifatli mahsulot kurerlik xizmatlari orqali onlayn buyurtmalar, kontrabanda va qora bozorga o‘tishini taxmin qilish qiyin emas. Va sifatli oyoq kiyim uchun narxlar ko‘tarilib ketadi. Shuningdek, iste’molchi uchun tanlov imkoniyati sezilarli darajada qisqaradi. Bundan manfaat ko‘radiganlar esa mahalliy oyoq kiyim ishlab chiqaruvchilari emas, balki kontrabanda bilan shug‘ullanuvchilar bo‘ladi. Ushbu holat bojxona, soliq va huquq-tartibot organlarida ham korrupsiya rivojlanishiga zamin yaratadi. Bu esa shubhasiz, davlat byudjetiga ham katta zarar yetkazadi», — deb yozadi tadbirkor.

Import qilinuvchi oyoq kiyimlar (kod TN VED 6401−6405) uchun boj stavkasini 1 iyuldan 10 o‘rniga 30 foiz etib belgilash rejalashtirilmoqda. Bu «O‘zcharmsanoat» uyushmasi tayyorlagan O‘zbekiston prezidanti qarori loyihasidan o‘rin olgan. Qarorda har juft oyoq kiyimi uchun

Xuddi shu sanadan soha ichida sotish uchun mo‘ljallangan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni soliqqa tortmaslik ham taklif qilingan.

Qo‘shimcha ravishda, oyoq kiyimlari, charm, jun, qorako‘l va sun’iy teridan tayyorlangan mahsulotlar bo‘yicha davlat xaridlari, jumladan strategik ob’ektlar tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga 20 foizga narx ustunliklarini qo‘llash rejalashtirilmoqda.

«O‘zcharmsanoat» uyushmasiga a’zo tashkilotlar tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun bo‘sh va foydalanilmayotgan davlat ob’ektlarini «nol» qiymatda olishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ularni 2022 yil 1 iyuliga qadar yer solig‘idan ozod qilish taklif etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zafar Hoshimovning import oyoq kiyimlarga boj to‘lovining oshirilishi haqidagi taklifga munosabati