11:30 / 17.06.2019
2 582

Keltirilgan 21 mln. so‘m zarar undirildi

Keltirilgan 21 mln. so‘m zarar undirildi
Majburiy ijro byurosi Qonliko‘l tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan joriy yil 17 aprel kuni tuman hududidagi “Qosjap” OFY hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida Byuro xodimlari tomonidan “Taxiatosh neft bazasi” MChJ Qo‘ng‘irot filialiga qarashli “Sari altin” shahobchasining operatori Yu.P. qonunga xilof ravishda ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olganligi holatini fosh etildi.

Aniqlanishicha, qonunbuzar Yu.P. diametri 20 mm bo‘lgan polietilen suv quvuridan har kuni ikki soat, ya’ni soat 09-00 dan 11-00 ga qadar shahobchadagi suv saqlagich va uzunligi 22 metrlik suv yo‘lagini to‘ldirish maqsadida foydalanib kelgan hamda buning oqibatida ta’minotchi korxona manfaatlariga 21 mln. 523 ming so‘m zarar yetkazgan.

Huquqbuzar Yu.P. tomonidan ta’minotchi korxona manfaatlariga keltirilgan zarar to‘liq qoplandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Keltirilgan 21 mln. so‘m zarar undirildi