O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Human Rights Watch nohukumat tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Stiv Sverdlov bilan ro‘y bergan hodisa yuzasidan axborot berdi.
«Tashqi ishlar vazirligiga Human Rights Watch nohukumat tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Stiv Sverdlov bilan 2019 yilning 13 iyun kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan voqeaga doir murojaati kelib tushdi.
Ayni paytda mazkur masala har tomonlama o‘rganilmoqda. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.
O‘zbekiston tomoni Human Rights Watch’ning mamlakatimizdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda u va boshqa huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettiradi», deyiladi vazirlik xabarida.
13 iyun kuni ertalab videobloger Sardor Komilov va uning yordamchilari Stiv Sverdlov Toshkentda yashayotgan mehmonxonaga borgan, uni o‘rab olib, so‘roqqa tutgani tasvirlangan video tarqalgandi.
15 iyun kuni Human Rights Watch tashkiloti o‘z xodimi O‘zbekistonga inson huquqlarining buzilganlik darajasini o‘rganish uchun kelganida agressiv tahdidlarga nishon bo‘lgani to‘g‘risida bayonot bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi