18:56 / 17.06.2019
12 860

Shavkat Mirziyoyevning kuyovi qizalog‘i bilan tushgan videosini e’lon qildi (video)

Shavkat Mirziyoyevning kuyovi qizalog‘i bilan tushgan videosini e’lon qildi (video)
Skrinshot: Instagram / otabek_muhammadalievich
O‘zbekiston Prezidentining kuyovi, Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i Otabek Umarov o‘zining Instagram’dagi sahifasida kenja qizi Rania bilan tushgan videosini e’lon qildi.

Qisqa rolikda Otabek Umarov musiqa sadolari ostida qizalog‘ini bag‘riga bosib, u bilan raqsga tushmoqda.

«Mening malikam Rania», — deya izoh qoldirgan u video ostida.

Otabek Umarov O‘zbekiston triathlon federatsiyasi raisi bo‘lib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovidir.

U ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lib, avvalroq Instagram’ga qo‘ygan oilaviy surati, shuningdek, Dubayda tushgan suratlari mashhur bo‘lib ketgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevning kuyovi qizalog‘i bilan tushgan videosini e’lon qildi (video)