Foto: Sputnik
Hukumat qarori bilan Toshkent shahrining Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi, deb xabar bermoqda Norma.
Tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ishlarni yangicha yondashuv asosida quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
– huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish va sohada idoralararo hamkorlik samaradorligini oshirish;
– huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga innovatsion va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish;
–huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
– ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarni, shuningdek, shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini yuksaltirish, ularning o‘z ustida ishlashi, malakasini oshirishi va kasbiy rivojlanishini rag‘batlantirish;
– fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish va jamoatchilik nazoratining samarali shakllaridan foydalanish;
– fuqarolarda qonunga va huquqqa bo‘lgan hurmat hissini kuchaytirish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirish orqali huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligini ta’minlash.
Ushbu maqsadlar uchun tegishli Chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi: profilaktika inspektorlari faoliyati bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, «Xavfsiz hudud» elektron ilovasini ishlab chiqish, messenjer kanallar yaratish, «SOS» tugmachalari orqali tashvishli video xabar berish tizimlarini o‘rnatish, video kuzatuv kameralarini, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni xarid qilish. Shuningdek, Bosh prokuraturaga «Xavfsiz bozor» tajriba loyihasi doirasida videoregistratorli uchuvchisiz uchadigan apparatlarni xarid qilish, olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsat berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»