06:00 / 18.06.2019
3 738

Arzon uy-joylar bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasi joriy qilinadi

Arzon uy-joylar bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasi joriy qilinadi
«O‘zshaharqurilishinvest» injiniring kompaniyasi tomonidan arzon uy-joylar bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasi loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda kompaniya tomonidan tashkil etilgan «Arzon uy-joylar xalq farovonligi yo‘lida: tahlil, muammo va yechim» mavzuidagi respublika seminarida aytib o‘tildi, deb xabar qilmoqda kompaniya Axborot xizmati.

Foto: O‘zshaharqurilishinvest Axborot xizmati
Xo‘sh, bu loyiha nimasi bilan e’tiborga molik? Gap shundaki, mazkur loyiha amaliyotga tatbiq etilgach, davlat dasturi asosida respublika miqyosida quriladigan uy-joylarning mavzelari, ularning soni va narxlari, boshlang‘ich badal hamda ajratiladigan ipoteka krediti haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, uy-joylarga biriktirilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlar, ularning uy-joyga muhtojligi sabablari haqidagi to‘liq ma’lumotlar onlayn tartibda yagona elektron bazada shakllantiriladi.

Foto: O‘zshaharqurilishinvest Axborot xizmati
Natijada sohada qonunbuzilish holatlari, uy-joylarning narxlari bo‘yicha kelishmovchiliklar va hujjat ishlari bilan bog‘liq ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olinadi hamda shaffof tizim yaratiladi. Shuningdek, anjumanda qurilish – montaj ishlari davomida loyiha – smeta hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar, ko‘p qavatli uylarda lift qurilmalari o‘rnatilish tartibi, aholiga uy-joylarni rasmiylashtirish bo‘yicha 2018 yil dasturiga muvofiq amalga oshirilgan ishlar va 2019 yildagi maqsad va vazifalar muhokama etildi.

Foto: O‘zshaharqurilishinvest Axborot xizmati
Seminarda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan qurilishda texnik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar o‘zaro tajriba almashishdi hamda poytaxtimizning Sergeli tumanida bunyod etilayotgan arzon uy-joylar qurilishi bilan yaqindan tanishishdi. Xususan, mutaxassislar eksperiment tariqasida 2019 yil qurilish dasturi doirasida barpo etilayotgan 80 xonadondan iborat 16 qavatli quyma temir-beton tipidagi turarjoy binosini ko‘zdan kechirdilar. Ushbu turarjoy loyihasi zilzilabardoshlilik darajasi yuqori bo‘lib, jahon standartlariga to‘la javob beradi. Bu tipdagi baland qavatli turarjoy binosi Andijon shahrida ham bunyod etilmoqda.

Foto: O‘zshaharqurilishinvest Axborot xizmati
Ma’lumot o‘rinda aytib o‘tish joizki, joriy yilda «O‘zshaharqurilishinvest» injiniring kompaniyasi tomonidan belgilangan dastur asosida respublikamiz bo‘yicha 355 ta zamonaviy ko‘p qavatli arzon turarjoy binolari qurilayotgan bo‘lsa, shundan 170 tasi poytaxtimizda qad rostlaydi. Ayni kunlarda qurilish ob’ektlarida ish qizg‘in. Bunyod etilayotgan uylarda tom yopish va pardozlash ishlari olib borilayapti.

Foto: O‘zshaharqurilishinvest Axborot xizmati

Foto: O‘zshaharqurilishinvest Axborot xizmati

Foto: O‘zshaharqurilishinvest Axborot xizmati
Bo‘lib o‘tgan seminar jarayonida «O‘zshaharqurilishinvest» injiniring kompaniyasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida erishilgan yutuq va kamchiliklar tahlil etilib, sifat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi hamda kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Arzon uy-joylar bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasi joriy qilinadi