12:49 / 18.06.2019
2 892

Aliment toʻlovchi ota Toshkent shahridan topildi. Otadan aliment pullari undirildimi?

Aliment toʻlovchi ota Toshkent shahridan topildi. Otadan aliment pullari undirildimi?
Fuqarolik ishlari boʻyicha Denov tumanlararo sudining 03.02.2004-yildagi sud buyrugʻiga asosan qarzdor R.Buronovdan bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun sobiq turmush oʻrtogʻi M.Xakimova foydasiga aliment undirish belgilangan.

R.Buronov farzandlarining moddiy taʼminoti uchun aliment toʻlashdan boʻyin tovlab, yashash manzilidan bedarak chiqib ketganligi uchun unga nisbatan 2019-yil 2-may kuni Majburiy ijro byurosining Denov tuman boʻlimi tomondan qidiruv eʼlon qilingan.

R.Buronov aliment pullarini toʻlashni paysalga solib qochib yurganligi sababli, oz emas, koʻp emas 17 million 500 ming soʻm qarzdorlik yigʻilib qolgan edi.

Aliment pullarini toʻlamasdan qochib ketsam mendan bu qarzdorliklarni undira olmaydi qabilidagi fikrlar bilan qochib ketishni lozim topdi.

Aliment davriy undiruv boʻlganligi sababli uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish huquqlari vaqtincha cheklangan edi.

Byuroning tezkor qidiruvlari natijasida qarzdor ota Toshkent shahridan 3-iyun kuni qidirib topib keltirilgan. Qarzdor otaga aliment toʻlamaslik oqibatlari tushuntirilgandan soʻng, ota oʻz farzandining moddiy taʼminoti uchun yigʻilib qolgan aliment pullarini toʻliq toʻlab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment toʻlovchi ota Toshkent shahridan topildi. Otadan aliment pullari undirildimi?