06:00 / 20.06.2019
2 448

Vazirlar Mahkamasi qaroriga amal qilinadimi yoki vazirning bayonotiga?

Vazirlar Mahkamasi qaroriga amal qilinadimi yoki vazirning bayonotiga?
Bugun, 19 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbir davomida vazirdan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469-qarorida Toshkentdagi 81ta maktabda 1-sinfga qabul uchun tajriba sifatida pulli qabulni ko‘zda tutuvchi yangi tizim joriy qilingani holda vazir tomonidan bu yilgi qabulda yig‘im undirilmasligi haqidagi bayonot berilganiga izoh so‘raldi.

«Vazirlar Mahkamasining qarori shu yangilikni joriy etish to‘g‘risidagi qaror. Yangilik 81ta maktabda pilot tariqasida joriy etilmoqda.

Hamisha biror yangilikni joriy etishda hamisha ijro mexanizmlari to‘liq ishlab chiqarilishi kerak va bu bosqichma-bosqich qilinadi.

Bu qarorning asosiy maqsadi aytilayotganidek pul ishlash emas. Hozir birinchi navbatda mikrohududdagi bolalar qamrab olishga e’tibor qaratmoqdamiz. Avval ularni joylashtirib olamiz. Keyin juda zarur bo‘lsa o‘sha mikrohududdagi 6 yoshli bolalar qabul qilinadi.

Hech kim bizga qabulni pulli qilinglar, degani yo‘q. Bu ishlar o‘rganish jarayonida ketmoqda. Bizning vazirlikka bu tizimga o‘zgartirishlar kiritish, ro‘yxatga yangi maktablarni qo‘shish yoki kamaytirish bo‘yicha, umuman bu tizimni o‘zgartirish uchun vakolatlar berilgan. Shuning uchun, vazirlik sifatida biz yana o‘zgarishlar qilishimiz va kerakli mexanizmlarni joriy qilishimiz mumkin», degan vazir.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469-qaroriga muvofiq Toshkentdagi 81ta maktabda 1-sinfga qabul uchun tajriba sifatida yangi tizim joriy qilinmoqda. Unga ko‘ra boshqa mikrohududdagi maktablarning 1-sinfiga hujjat topshirganlar va maktab yoshiga yetmagan bolalar qo‘shimcha kvota asosida qabul qilinishi, buning uchun eng kam ish haqining 10 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir martalik yig‘im undirilishi belgilangan.

Bu tartib ijtimoiy tarmoqda ko‘pchilikning noroziliklariga sabab bo‘lib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazirlar Mahkamasi qaroriga amal qilinadimi yoki vazirning bayonotiga?