«Qo‘lbola qarzdorlar» qanday paydo qilingan?

  • 19 iyun 2019, 22:07
  • 1 134
  • Jamiyat
  • «Qo‘lbola qarzdorlar» qanday paydo qilingan?
    Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbar mutasaddilari tizimda o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar qatorida noreal, ya’niki «qo‘lbola qarzdor»lar qanday yuzaga kelayotganiga izoh berib, bunday holatlarga nisbatan ko‘rilgan choralar haqida ham ma’lumot berdi.

    MIB direktori o‘rinbosari Sodiqjon Berdialiyevga ko‘ra: «...Tahlillar asossiz qarzdorliklar muqaddam ta’minotchi korxonalar tomonidan iste’molchilar to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi, energiya resurslari va suv ta’minotining talon-toroj qilinishi va iste’molchilarga yetkazib berilishidagi tabiiy yo‘qotishlarning ular (iste’molchilar) zimmasiga qarz sifatida «ilib» qo‘yilishi natijasida yuzaga kelganini ko‘rsatmoqda.

    Byuro organlari tomonidan iste’molchilarni to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha respublika miqiyosida ishchi guruhlar tuzilib, aniqlangan asossiz qarzdorliklar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, iste’molchi zimmasidan olib tashlash choralari ko‘rilmoqda. Hozirga qadar 1 trln. 342 mlrd. so‘m noreal qarzdorlik bo‘yicha 243 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan...».

    Alohida qayd etildiki, Byuro tashkil etilgandan buyon 54,5 trln. so‘m (elektr energiyasi – 26,7 trln., tabiiy gaz – 26,2 trln., ichimlik suvi – 1,5 trln. maishiy chiqindi – 90 mlrd.) undirildi. Bu ko‘rsatgich,Byuro tashkil etilmasdan oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 168 foiz ko‘p demakdir.

    «O‘zbekenergo», «O‘ztransgaz» va suv ta’minoti korxonalarining jami 13.669 (gaz – 4.255, elektr – 6.562, suv – 2.852) nafar nazoratchilari 5,9 trln. so‘m undirgan bo‘lsa, Byuroning 5.439 nafar davlat inspektorlari tomonidan 2018 yilning shu davrida 14,3 trln. so‘m yoki 8,3 trln. so‘m (139 %) ko‘p mablag‘ undirildi. Ya’ni kamroq xodim bilan ko‘proq natijaga erishilmoqda.

    » » «Qo‘lbola qarzdorlar» qanday paydo qilingan?