07:10 / 20.06.2019
6 887

“Boriga baraka” ko‘rsatuvi qonuniymi?” nomli maqola yuzasidan Zo’rTV telekanali munosabat bildirdi

“Boriga baraka” ko‘rsatuvi qonuniymi?” nomli maqola yuzasidan Zo’rTV telekanali munosabat bildirdi
Joriy yilning 7 iyun kuni Kun.uz saytida “Boriga baraka” ko‘rsatuvi qonuniymi?” nomli maqola e’lon qilingan edi. Mazkur maqola yuzasidan Zo’rTV telekanali o‘z munosabatini bildirdi. Quyida ushbu munosabat matni havola etiladi.

“Joriy yilning 7 iyun kuni Kun.uz sayti orqali huquqshunos Dilshod Abduqodirovning “Boriga baraka” ko‘rsatuvi qonuniymi?” nomli maqolasi e’lon qilindi.

Unda Zo’rTV telekanali orqali har hafta efirga uzatilayotgan “Boriga baraka” ko‘rsatuvi huquqiy jihatdan tahlil qilingan.

Maqola e’lon qilingandan so‘ng, Zo’rTV telekanalining tashabbusi bilan, telekanal ma’muriyati, mustaqil ekspertlar va maqola muallifi Dilshod Abduqodirov ishtirokida ochiq suhbat o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, quyidagi xulosalarga kelindi. Jumladan, xorijiy tajriba Kapital-shou o‘yinlari faoliyatining qanday klassifikatsiyalanishi mumkinligi va reklama sohasini qay yo‘sinda rivojlantirishini ko‘rsatmoqda. Zo’rTV telekanali xodimlarining bunday faoliyat turini O‘zbekiston bozoriga joriy qilish g‘oyasi paydo bo‘lganidan boshlab, bosib o‘tgan jarayonlari oldindan aytib bo‘lmaydigan va o‘ta murakkab bo‘lib, ular maslahat berishni so‘rab, qator vazirlik va idoralarga murojaat qilgan.

Muammo mazkur faoliyat turining hali hech qanday yo‘l bilan boshqarilmasligida bo‘lib, faoliyatni boshlashning yagona usuli – bu lotereya sohasini boshqaruvchilaridan Kapital-shouni lotereya sifatida klasifikatsiyalash mumkin bo‘lgan hech qanday belgilar yo‘qligi to‘g‘risidagi huquqiy xulosani olish bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertiza o‘tkazish yo‘li bilan “Boriga baraka” ko‘rsatuvining lotereya qonunlari ta’siri ostiga tushishi mumkin bo‘lgan belgilari yo‘qligi fakti tasdiqlandi.

Ayni paytda hukumat tomonidan o‘tkazilayotgan islohotlar davrida, umid qilamizki, tez orada Kapital-shouning O‘zbekistondagi faoliyatini noqonuniy qimor o‘yinlarini tashkillashtirish bilan bog‘lovchi odamlarda tug‘ilayotgan fikrlarga taalluqli shubhalarni yo‘qotishga yordam beruvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Jamiyatda shubha tug‘dirayotgan, ishtirokchi bo‘lish uchun 5 ming so‘m to‘lash masalasi har kimning ixtiyoriy va ongli tanlovi.

Pul mablag‘lari sovrin jamg‘armasini to‘plashga emas, balki teleko‘rsatuvni o‘tkazish, xizmatlar, boshlovchilar hamda shouni o‘tkazishning texnik jihatlari uchun haq to‘lash xarajatlarini qoplashga sarflanayotgani “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkillashtirish va o‘tkazish” jinoyat tarkibi mavjud emasligi va shouni lotereya deb hisoblashga hech qanday asos yo‘qligini bildiradi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Boriga baraka” ko‘rsatuvi qonuniymi?” nomli maqola yuzasidan Zo’rTV telekanali munosabat bildirdi