11:40 / 21.06.2019
4 971

Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilgan

Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilgan
O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Senatning 21-yalpi majlisidagi chiqishida ma’lum qildi.
Prezident 20 iyun kuni ishdan olingan sobiq bosh prokurorni poraxo‘rlikda ayblagan.

«Bunaqa ketishda bo‘lsa, prokuratura tizimini mutlaqo qisqartirib yuboraman, ko‘proq vakolatni Adliya tizimiga beraman.
Nig‘matulla Yo‘ldoshev olti oydan keyin kelib, nimani o‘zgartirganini aytishini, tizimni tozalashini, yaxshi takliflar berishini kutaman»
, dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyun kuni Otabek Murodov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh prokuror etib tayinlangandi.

Qayd etish kerakki, bu so‘nggi 4 yil davomida to‘rtinchi marta O‘zbekiston bosh prokurori o‘zgarishi bo‘ldi. 2000 yil fevralidan O‘zbekiston bosh prokurori bo‘lgan Rashid Qodirov 2015 yilning aprelida lavozimini tark etgan va uning o‘rnini Ixtiyor Abdullayev egallagandi. Abdullayev 2017 yil yanvarida Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimini egallagach, uning o‘rnida Otabek Murodov ish boshlagandi. Ayni vaqtda ikki sobiq bosh prokuror - Rashid Qodirov va Ixtiyor Abdullayevga qarshi jinoiy ish ochilgan va ularning ikkisi ham tergovda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilgan