12:25 / 21.06.2019
6 041

Prezident Otabek Murodov haqida: “Men unga ishonch bildirgandim”

Prezident Otabek Murodov haqida: “Men unga ishonch bildirgandim”
Bugun, 21-iyun kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi vaqtida chiqish qilgan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev prokuratura organlari faoliyati toʻgʻrisida gapirdi.

Prezident prokuraturaning sobiq rahbarlarini tanqid qildi.

Sobiq bosh prokurorga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida gapirar ekan, Shavkat Mirziyoyev rahbarlardan “100 ming, 50 ming dollar” miqdorida pullar olinganini aytib oʻtdi.

«Bu nima degan gap? Mansab bersa, darrov oʻzgarib qoladi. Viloyat prokurorlaridan 100 ming, 50 ming dollarlab olinadi. Prokuratura va soliq tizimidagilarning hammasi poraxoʻr. Men buni yaxshi bilaman.

Men Murodovga ishonch bildirgandim.

Prokuraturada korrupsiya boʻlaveradigan boʻlsa, men qanday qilib investorlarni jalb qilaman? Investor deputat yoki hukumat odamidan emas, tadbirkordan soʻraydi davlatdagi holat haqida. Tadbirkor nima deydi? Prokuror ham, vazir ham pul oladi deydi-da!

Sobiq rahbarlarning hammasi, u Abdullayev boʻladimi boshqasimi, katta muddat bilan ketadi»
, dedi prezident.

Otabek Murodov 2018-yilning yanvarida DXX rahbarligiga oʻtgan Ixtiyor Abdullayev oʻrniga Bosh prokuror boʻlgandi. 2019-yilning 20-iyunida u lavozimdan ozod etilib, uning oʻrniga Senat raisi Nigʻmatulla Yoʻldoshev yangi bosh prokuror etib tayinlandi.

Qayd etish kerakki, bu soʻnggi 4 yil davomida toʻrtinchi marta Oʻzbekiston bosh prokurori oʻzgarishi boʻldi. 2000-yil fevralidan Oʻzbekiston bosh prokurori boʻlgan Rashid Qodirov 2015-yilning aprelida lavozimini tark etgan va uning oʻrnini Ixtiyor Abdullayev egallagandi. Abdullayev 2017-yil yanvarida Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimini egallagach, uning oʻrnida Otabek Murodov ish boshlagandi. Ayni vaqtda ikki sobiq bosh prokuror - Rashid Qodirov va Ixtiyor Abdullayevga qarshi jinoiy ish ochilgan va ularning ikkisi ham tergovda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Otabek Murodov haqida: “Men unga ishonch bildirgandim”