15:38 / 21.06.2019
3 529

Shavkat Mirziyoyev: "Deputatlar savol berishni biladimi o‘zi?"

Shavkat Mirziyoyev: "Deputatlar savol berishni biladimi o‘zi?"
Bugun, 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida davlat rahbari mahalliy deputatlar kengashi faoliyatiga to‘xtaldi.

«Hokimlarni mahalliy kengash raisligi lavozimidan ozod qilishni ko‘rib chiqyapmiz. Bundan maqsad, bahs uchun, nazorat uchun sharoit yaratish.

Deputatlarning ijro faoliyatini nazorat qilishga salohiyati yetadimi? Ular savol berishni biladimi o‘zi? Bu alohida masala. Ular umumiy planda ishlayapti, aniq takliflar yo‘q. Uzoq yillar davomida qancha kam taklif berilsa, shuncha yaxshi qabilida ish tutib keldik.

Senatorlar mahalliy kengashlardagi deputatlar faoliyatini nazorat qilyaptimi o‘zi? Qaysi kengashni namuna qilib ko‘rsata olasizlar menga?
», dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: "Deputatlar savol berishni biladimi o‘zi?"