20:33 / 24.06.2019
3 821

Bolani 6 yoshdan maktabga berish tavsiya etilmaydi, bu uning o‘sishiga zarar qiladi

Bolani 6 yoshdan maktabga berish tavsiya etilmaydi, bu uning o‘sishiga zarar qiladi
Bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vaziri bolalarni maktabga qabul qilishning yangi tartibi haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktab yoshidagi hech bir bola ta’limsiz qolib ketmaydi.

Tadbirda psixologlar tomonidan maktabga chiqish tayyor deb tavsiya berilgan bolalar o‘qishga qabul qilinish-qilinmasligi haqida savol berildi. Sherzod Shermatov savolga javob berarkan, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabga berishga hech kim qarshi emasligini aytib, faqat bu ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida xavotir bildirdi.

"Maktab yoshiga yetmagan bolalarni maktabgacha ta’limga bepul tayyorlash bo‘yicha qaror o‘tgan yili dekabrda chiqqan. Agar mikrohududingizdagi maktabga farzandingizni 6 yoshdan maktabga bermoqchi bo‘lsangiz, qarshi emasmiz, bunga haqlisiz. Lekin baribir biz bu yoshdagi bolalarni maktabga qabul qilishni tavsiya etmaymiz, chunki bu uning rivojlanishiga ziyon qiladi", dedi vazir.

Shermatovning alohida ta’kidlashicha, qonun bo‘yicha O‘zbekistonda ta’lim hamma uchun majburiy bo‘lib, maktab yoshidagi birorta bola chetda qolib ketmaydi.

Bahs va munozaralarga sabab bo‘lgan qaror tarixi: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469-qaroriga muvofiq Toshkentdagi 81 ta maktabda tajriba o‘tkazilmoqda. Unga ko‘ra boshqa mikrohududdagi maktablarning 1-sinfiga hujjat topshirganlar va maktab yoshiga yetmagan bolalar qo‘shimcha kvota asosida qabul qilinishi, buning uchun eng kam ish haqining 10 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir martalik yig‘im undirilishi belgilangan edi.

Qarorning ijro mexanizmlari, tegishli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishga va to‘g‘ri ishlashini tekshirishga, ayniqsa, to‘lov bilan bog‘liq tizimlarga ketadigan vaqt hisobga olinib, talabgir maktabga qabulda hozircha pul olinmaydigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolani 6 yoshdan maktabga berish tavsiya etilmaydi, bu uning o‘sishiga zarar qiladi