3 274
Samarqand viloyat pochtasining katta pora bilan ushlangan sobiq rahbari 12 yilga qamaldi
«O‘zbekiston pochtasi» AJ Samarqand filiali sobiq direktori Sherali Umarov yuqori turuvchi rahbarlarga va o‘ziga jami 100 ming AQSh dollari berishini talab qilib, shundan 40 ming AQSh dollarini 2018 yil 22 sentyabr kuni o‘z xizmat xonasida firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi raisi o‘rinbosari O‘.Mamadaliyevning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, mazkur jinoyat bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2019 yil 14 fevraldagi hukmiga ko‘ra, Sh.Umarovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-, 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, eng kam oylik ish haqining 200 baravari, ya’ni 36.860.000 so‘m miqdorida jarima jazosi, Jinoyat kodeksining 28-, 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llab, 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
2019 yil 18 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi kassatsiya instansiyasi sudlov hay’atining ochiq sud majlisida, raislik qiluvchi viloyat sudining sudyasi B.Aliqulov, hay’at sudyalari M.To‘xtayev va I.Hamidovdan iborat tarkibda Sh.Umarovga nisbatan chiqarilgan hukmi ustidan keltirilgan kassatsiya shikoyatiga asosan jinoyat ishini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqildi.
Sudlov hay’ati shikoyatdagi vajlar sud hukmini o‘zgartirish yoki bekor qilishga asos bo‘la olmasligi sababli, sud hukmini o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?