20:51 / 21.06.2019
9 058

Shavkat Mirziyoyev: "20 xonali uyning nima keragi bor? Bu nimasi axir?"

Shavkat Mirziyoyev: "20 xonali uyning nima keragi bor? Bu nimasi axir?"
Bosh prokuror lavozimidan ozod qilingan Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

Bu haqda Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida ishtirok etayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev qator «sirlarni» oshkor qildi.

“Qaysidir vazir qanchadir miqdorda pul olibdi degan gapni eshitish menga judayam yoqimsiz. Bu biz qutulishimiz lozim bo‘lgan kasallik. O‘zi uyimizda yotoqxona va oshxona, ikkitagina xonaga kirsak, nima keragi bor 20 xonalik uyni? Bu nimasi axir?”, deya gapirgan Prezident.

Shuningdek, Mirziyoyev prokuratura organlarining faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi mumkinligini ham eslatgan.

“Bunaqa ketishda davom etadigan bo‘lsa, prokuratura tizimini mutlaqo qisqartirib yuboraman, ko‘proq vakolatni Adliya vazirligiga beraman. Nig‘matulla Yo‘ldoshev olti oydan keyin kelib, nimani o‘zgartirganini aytishini, tizimni tozalashini, yaxshi takliflar berishini kutaman”, dedi prezident.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: "20 xonali uyning nima keragi bor? Bu nimasi axir?"