16:30 / 25.06.2019
2 959

O‘zbekiston Oliy sudi «Chirik sudning chirkin ishlari» sarlavhali maqola yuzasidan axborot berdi

O‘zbekiston Oliy sudi «Chirik sudning chirkin ishlari» sarlavhali maqola yuzasidan axborot berdi
Oliy sud Matbuot xizmati «FayzbogUz» Telegram-kanalida e’lon qilingan «Chirik sudning chirkin ishlari» sarlavhali maqola yuzasidan axborot berdi.

«Sarlavhaning o‘ziyoq muallifning alamzadaligidan nishona emasmi?» — deb boshlanadi xabar. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

Maqoladagi xatolar, g‘aliz jumlalar haqida to‘xtalib o‘tirmaymiz. Zero, o‘quvchilar bu haqda o‘z xulosasiga ega. Aslida, ommaga e’lon qilinayotgan har bir fikr xolis, haqqoniy ifodalanishi kerak.

Maqolada «... Rasmiy ochiq sud deb belgilangan-u lek bu faqatgina nomiga ekanligini bildirib qo‘yishdi. Ya’ni, avvalgi litsey sudi kabi sud zalini «maxsus qatnashchi»lar bilan avvaldan band qilib qo‘yib, diniy erkinlik masalasida befarq bo‘lmagan fuqarolarimizni kirgani qo‘yishmadi...»deyiladi.

Ushbu vajlar Oliy sudda o‘rganib chiqilganda, o‘z tasdig‘ini topmadi. Ish hujjatlarida ma’lum bo‘lishicha, sud belgilangan kuni o‘z vaqtida boshlangan va ochiq tarzda bo‘lib o‘tgan. Qonunchilikka muvofiq, xohlagan shaxs ochiq sud majlisida ishtirok etishi mumkin va ushbu sud jarayonida ham bunga amal qilingan.

«FayzbogUz» muxbiri «sudga Din ishlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nuriymon Abdulhasan, Xalqaro Islom akademiyasi rektori Shuhrat Yovqochev kelmadi,» deb iddao qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 63-moddasi 3-qismiga asosan davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxsning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma asosida ish olib borish huquqiga ega. Sudda javobgar sifatida ma’muriy organ tomonidan ishonch bildirilgan vakil ishtirok etishi belgilangan va ular sudda ishtirok etgan.

Arizachining advokati A.Yakubovning gaplari bo‘lib qo‘yilganligi haqidagi iddaolarga ham qo‘shilib bo‘lmaydi. Zero, sudya ishga oid masalalar bo‘yicha taraflarga o‘z fikrini bildirishi uchun yetarlicha vaqt bergan.

Shu o‘rinda aytish joizki, sud ishni ko‘rishda qonun talablaridan kelib chiqadi.

Ushbu ma’muriy ish 2019 yil 20 fevral kuni Shayxontohur tuman ma’muriy sudi tomonidan ko‘rilib, arizani qanoatlantirish rad etilgan.

Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasining 2019 yil 25 martdagi qaroriga muvofiq hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Mazkur ish yuzasidan Oliy sudga nazorat tartibida shikoyat berilgan. Oliy sudda ushbu ish o‘rganib chiqilib, shikoyatni sudlov hay’atida ko‘rib chiqishga asos yo‘qligi uchun rad etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Oliy sudi «Chirik sudning chirkin ishlari» sarlavhali maqola yuzasidan axborot berdi