23:53 / 21.06.2019
3 555

Senat majlisida uchta kodeksga Milliy gvardiya vakolatlari bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritildi

Senat majlisida uchta kodeksga Milliy gvardiya vakolatlari bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritildi
21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida «Jinoyat kodeksiga, Jinoyat protsessual kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun ma’qullandi.

Unga ko‘ra, yuqorida sanab o‘tilgan uchta hujjatga bir qancha o‘zgartirishlar kiritiladi. Ular Milliy gvardiya vakolatlari bilan bog‘liqdir. Xususan:

─ Milliy gvardiya surishtiruv olib borish vakolatiga ega bo‘lgan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar qatoriga qo‘shiladi (Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartish);

─ Jinoyat kodeksining Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi deb nomlangan 2501-moddasining birinchi qismida (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlardan tashqari) va O‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik deb nomlangan 2591-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha surishtiruv Milliy gvardiya surishtiruvchilari tomonidan olib borilishi belgilanadi;

─ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga Milliy gvardiya mansabdor shaxslari tomonidan Kodeksning Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi deb nomlanuvchi 1851-moddasida va O‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu ob’ektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik deb nomlanuvchi 2101-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish va bayonnomani ilova qilinadigan materiallar bilan birgalikda ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish vakolati berilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Senat majlisida uchta kodeksga Milliy gvardiya vakolatlari bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritildi