23:42 / 21.06.2019
3 564

Qarzdor farzandi ta’minoti uchun bir yo‘la 56 million so‘m to‘ladi

Qarzdor farzandi ta’minoti uchun bir yo‘la 56 million so‘m to‘ladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2013 yil 23 yanvardagi hal qiluv qaroriga ko‘ra fuqaro U.Qozoqovdan undiruvchi M.Xojaxonova foydasiga bir nafar farzandi uchun oylik ish haqining uchdan bir qismidan kam bo‘lmagan miqdorda aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yuritiuvida bo‘lib, davlat ijrochilari tomonidan qarzdor alimentni to‘lashi yuzasidan bir necha bor ogohlantirilgan va to‘lanmagani hisobiga qarzdorlik 21 mln. so‘mni tashkil etdi.

Qarzdor ota bilan olib borilgan tushuntirishlar samara berib, qarzdorlik bartaraf etildi. O‘z o‘rnida, U.Qozoqov farzandini voyaga yetgunga qadar aliment summani bir yo‘la to‘lab berishi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi. Mazkur murojaat o‘rganilib, 2019 yil 1 iyunidan to voyaga yetgunga, ya’ni 2029 yilning 1 iyuniga qadar aliment hisob-kitob qilib berildi. Fuqaro Qozoqov farzandi ta’minoti uchun 56 million 561 ming so‘m aliment pullarini bir yo‘la to‘lab berdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor farzandi ta’minoti uchun bir yo‘la 56 million so‘m to‘ladi