22:30 / 25.06.2019
3 692

“Qurol to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishdan maqsad nima?

“Qurol to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishdan maqsad nima?
Senat a’zosi Farrux Dadaxodjayev Senatning 20-yalpi majlisida “Qurol to‘g‘risida”gi qonunning asosiy maqsadi qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mulkni himoya qilish va jamoat xavfsizligini ta’minlash ekanligini ta’kidladi.

Senator qonunning bir qancha ahamiyatli jihatlarini sanab o‘tdi. Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasining asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:

- qonuniylik, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, saqlash, huquq va erkinliklarini himoya qilish ustuvorligi;
- sohaga oid xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarilishi;
- axborotning oshkoraligi va undan foydalana olish.

Qonunning ma’qullanishi mamlakatimiz hududida qurol muomalasining huquqiy asoslarini belgilashga, fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki himoyasini ta’minlashga hamda quroldan noqonuniy foydalanishning oldini olishga xizmat qiladi.

Shuningdek, qonunda qurol, o‘qotar qurol, gazli qurol, kalta stvolli qurol, pnevmatik qurol, signal beruvchi qurol, sovuq qurol, uloqtirish quroli, o‘q-dorilar, qurol muomalasi va qurol egasi kabi asosiy tushunchalar ochib berilmoqda. Qonunga asosan, mo‘ljallangan maqsadi, asosiy parametrlari va tavsiflari bo‘yicha qurol fuqaroviy, xizmat va jangovar qurol turlariga bo‘linmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Qurol to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishdan maqsad nima?