23:35 / 25.06.2019
3 648

YPX xodimlari ta’qib qilinyapti, do‘pposlanyapti, haqorat qilinyapti… Bunga kim aybdor? (video)

YPX xodimlari ta’qib qilinyapti, do‘pposlanyapti, haqorat qilinyapti… Bunga kim aybdor? (video)
Foto: O‘zA
2019 yilning 11 iyun kunidagi Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili Jahongir Xolqo‘ziyev «bosh miya chayqalishi, burun suyagining sinishi» hamda tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi ikkinchi ishg‘ol qilish guruhi katta mutaxassis-aloqachisi serjant Diyorjon Mo‘minov «bosh miya chayqalishi, yuqori jag‘ kesuvchi tishining sinishi, yuzining lat yeyishi tirnalishi hamda ko‘z sohasidagi yumshoq to‘qimalarning lat yeyishi» tashxisi bilan Zarbdor tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davlat xizmatchisi hisoblangan bu xodimlar shu kuni g‘alla o‘rim-yig‘im terimi davrida talon-torojlarning oldini olishga mas’ul sifatida xizmatga jalb qilingan edi.

«G‘olib-namunasi» fermer xo‘jaligiga tegishli g‘alla maydonida 8 qopdagi 50 kilogramm bug‘doyni o‘zboshimchalik bilan olib ketilishiga qarshilik ko‘rsatishgani uchun esa shu holga tushishgan.

Dalaga «Zil» yuk avtomashinasida kelgan Olim Yaxshilikov Ichki ishlar xodimlarining tushuntirishiga qaramay don mahsulotini «bu mening mehnat haqqim», deb olib ketishga urinadi. Biroq, u qonuniy faoliyatini bajarayotgan xodimlarning xizmat vazifasiga qarshilik ko‘rsatib, ularga tashlanadi.

J.Xolqo‘ziyevning yuziga qo‘llari bilan musht bilan urib, uning xizmat dala kiyimiga yopishgan vaqtida serjant D.Mo‘minov ularni ajratmoqchi bo‘lgan. Ammo vajohatga to‘lgan bu kishi uning dala xizmat kiyimining pogonini yirtib tashlab, yuziga bir necha marta musht tushiradi.

Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani prokuraturasi tomonidan O.Yaxshilikovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli tartibda ushlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tumani sudining ajrimiga asosan esa unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

2019 yil 12 iyun kuni Qashqadaryo viloyatida yo‘l-patrul xizmati inspektori Bahrom Boboqulov Qarshi-Shahrisabz yo‘lida bekatda to‘xtab turgan Damas rusumli avtomashina haydovchisi Bekzod Rahimovning yoniga borib, unga o‘zini tanishtirib, qoidani buzilganligini ma’lum qilib, hujjatlarini taqdim qilishni so‘raydi.

Biroq u safdorning qonuniy talabiga bo‘ysunmaydi. Bu ham yetmaganday qo‘liga yog‘och tayoq olib, inspektorni urib, unga tan jarohati yetkazadi va voqea joyidan qochib ketadi. (Mazkur holat fuqarolar tomonidan videotasvirga olinib, Telegram ijtimoiy tarmog‘iga joylangan).

Qarshi shahar Tibbiyot birlashmasi ma’lumotnomasiga ko‘ra, safdor B.Boboqulovga «o‘ng qo‘l yelka qismida lat yeyishi shilingan jarohati» va «chap qo‘l tirsak qismida lat yeyishi shilingan jarohati» tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro B.Rahimovga nisbatan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a» bandi va 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda bu shaxs tegishli tartibda ushlanib, tergov olib borilmoqda.

Samarqand shahrida esa «Avtopatrul» reydida mast holdagi haydovchi qo‘lga tushgan. Ammo u mashinadan tushib qochib ketishga uringan. Bu holatda haydovchining sheriklari yo‘l harakati xavfsizligi inspektoriga faol qarshilik qilib, haydovchining qochib ketishiga ko‘maklashgan.

Keyin esa nafaqat haydovchi, balki qonunsizlikka ko‘maklashgan boshqa shaxslar ham qo‘lga olingan. Ma’muriy ishlar bo‘yicha Nurobod tumani sudining qarorlariga asosan, O.Ablaqulov, S.Vafoyev va G‘.Xushvaqtovlar «huquqbuzar», deb topilib, ularga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Jizzax viloyatidagi yana bir holatda ham haydovchi mashina rulida o‘tirgan holda alkogolli ichimlik ichib, ko‘chalarda namoyishkorona kezib yurgan. Bu «zo‘ravon» ham xizmat vazifasini bajarayotgan xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Kapitan M.Nizomov ushbu holatni qo‘l telefoniga videotasvirga olayotgan vaqtida esa B.Boboxonov mashinadan tushib, inspektorga tashlanib, uning telefonini tortib olib, sindirib tashlagan.

2019 yil 15 iyun kuni mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan B.Boboxonovga nisbatan, Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida ana shunday 81 holat kuzatilgan. Qo‘pol qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan 44 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 11 nafariga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 19 nafar shaxs esa ma’muriy javobgarlikka tortilib, 1 nafari ma’muriy qamoqqa olingan. 8 nafar shaxsga nisbatan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xizmatlar bo‘yicha tahlillarga nazar tashlasak, turli zo‘ravonlikka ko‘proq yo‘l-patrul xizmati xodimlari duch kelgan. Ya’ni ularga 52 holatda faol qarshilik ko‘rsatilgan va jarohat yetkazilgan. Profilaktika inspektorlariga 19, pastrul-post xizmati xodimlariga 4, shuningdek, jinoyat qidiruv, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish tezkor vakillariga, tashkiliy departament xodimlariga ham bir nechadan qarshilik ko‘rsatilgan.

Hududlar bo‘yicha taqqoslaganda esa bunday holatlar ko‘proq Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida ko‘proq kuzatilgan.

Alohida ta’kidlash kerakki, davlat xizmatchilari, xususan Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatni olib borishga oid faoliyati qonun bilan himoya qilinadi. Ular bilan muomala qilishning o‘ziga yarasha tartiblari bor.Har bir fuqaro va yuridik shaxslar ichki ishlar organi xodimlarining qonuniy talabini bajarishi shart.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YPX xodimlari ta’qib qilinyapti, do‘pposlanyapti, haqorat qilinyapti… Bunga kim aybdor? (video)