07:10 / 27.06.2019
4 120

"Daraxt kesish tomoshasi" hokimga nega kerak bo‘lib qoldi?

"Daraxt kesish tomoshasi" hokimga nega kerak bo‘lib qoldi?
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt hokimining Alisher Navoiy ko‘chasidagi «Turkiston» saroyi oldida daraxtlar kesilayotganini ko‘rib qolgani haqida tarqatilgan xabarga turlicha munosabatlar bildirilmoqda. Telegramdagi «Zed News» axborot kanali shunday yozadi:

Toshkent hokimi «tasodifan» shahar aylanib yurganida «noqonuniy daraxt» kesayotganlarni ko‘rib qolibdi. Hokimlikda bunaqa «noqonuniy daraxt kesib, aybdorlar topish tomoshasi» birinchi marta emas.

Jahongir Ortiqxo‘jayev «yarim kechasi shahar aylanib» yurganida, 25 iyundan 26 iyunga o‘tar kechasi Alisher Navoiy ko‘chasidagi «Turkiston» saroyi oldida daraxtlar kesilayotganini ko‘rib qolgan.

Hokimga «tabait kushandalari» diametri 70-80 santimetr bo‘lgan 20 ta daraxtni kesish uchun «Yagona oina» davlat xizmatlari markazidan 61 ming so‘m evaziga ruxsat olingani aytilgan (imlo xatolari saqlab qolindi — ma’muriyat).

Voqea joyiga tezlik bilan Yunusobod tuman hokimligi, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, IIBB va prokuratura mutasaddilari ham yetib borgan. Xullas, hozir shahar prokuraturasi vaziyatni nazoratga olganmish. Ko‘ramiz, bu safar «aybdor» kim bo‘larkan, nima jazo olarkan...

Qiziq, «tabiat kushandalari» daraxt kesish uchun topgan joyini qarang: eng markaziy ko‘cha, ro‘parada deyarli barcha hukumat a’zolari, hatto prezident o‘tiradigan binolar bor. Ichki ishlar xodimlari qatorlashib turishadi doim.

Davlat xizmatlari markazi ham bu holatga darhol raddiya berdi. Ularga ko‘ra, hozirda respublikada «Yagona oyna» deb nomlangan tashkilotning o‘zi yo‘q.

Qolaversa, videoda taqdim etilgan qog‘oz parchasi esa aslida daraxt kesishga ruxsatnoma emas, balki DXMga ariza topshirilgani to‘g‘risidagi ma’lumot ekan.

«Qolaversa, ushbu davlat xizmatini ko‘rsatish uchun undirilgan eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdoridagi yig‘imning (o‘sha «61 000 so‘m») asosiy qismi tuman (shahar) hokimliklari va hududiy ekologiya organlari hisob raqamlariga undirilgan», deyiladi DXM raddiyasida.

Bizningcha, poytaxt hokimi karaokeda qo‘shiq aytib, daraxt kesish tomoshasini uyushtirib, arzon piarga uchish faqat minusga xizmat qiladi. Ayniqsa, hokim qiladigan ishlar talaygina bo‘lib turgan bir paytda.

Masalan, Toshkent shahri bosh rejasining konsepsiyasini tasdiqlash! Qurilish vaziri o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov «genplan» kechikayotganida poytaxt hokimligini ayblagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Daraxt kesish tomoshasi" hokimga nega kerak bo‘lib qoldi?