16:16 / 28.06.2019
10 014

Imon Karimova uning onasini o‘g‘rilikda ayblagan Yulduz Usmonovaga tashakkur izhor qildi

Imon Karimova uning onasini o‘g‘rilikda ayblagan Yulduz Usmonovaga tashakkur izhor qildi
Gulnora Karimovaning qizi Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali Yulduz Usmonovaga «Tashakkurnoma» bilan chiqdi. Unda Yulduz Usmonova onasining kolleksiyasidan kiyimlarni kiygani, onasiga atab qo‘shiq kuylagani va «Biz san’atkorlar — hammamiz ***miz» deganlarini esga olgan.

Foto: Instagram

«Hurmatli Yuluz opa!

Siz Turkiyada quvg‘inda yurgan paytlaringizda va siz sevgan «Xalqlar do‘stligi» saroyida konsert bera olmagan kunlaringizda onam sizni qo‘llab-quvvatlaganidan, joningizga oro kirganligini eslaganingiz uchun men va akam nomidan rahmat aytaman. Ya’ni, shu davr hukumat idoralari tomonidan sizga nisbatan keskin taqiqlar bo‘lishiga qaramay, «Asrlar sadosi» sahnasida qizingiz Nilufar bilan chiqqaningizni ham eslaymiz. Va siz o‘sha yerda taqiqlarga qaramay, onamning yordami bilan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti, ya’ni bobomizga atab jon dildan, yaxshi ko‘rib, «Hech kimga bermaymiz seni O‘zbekiston» qo‘shig‘ini ijro etgandingiz.

O‘tgan yili «Xalqlar do‘stligi» saroyida bergan konsertingizda onamning «Guli» kolleksiyasidan libos so‘rab, olib turgan edingiz va shu libosda sahnaga chiqqaningizdan ham faxrlanamiz.

Shuningdek, biz sizga shaxsan onam uchun yozib kuylagan taniqli «Gulisan» qo‘shig‘i uchun ham rahmat deymiz.

Siz juda yoqtirgan, o‘sha biz bilan birga o‘tirishlarning birida «Biz san’atkorlar — hammamiz — ***miz», deb aytgandingiz va shundan so‘ng bu borada Rashid Xoliqov bilan hammaning oldida ko‘p marotaba tortishgan edingiz.

Lekin biz hozir ochiqchasiga, shaffoflarcha tan olib aytamizki, siz xalqimizning g‘ururli san’atkorisiz va sizdan boshqalar o‘rnak oladi. Sizga Alloh barcha qilgan yaxshiliklaringizga yarasha ajrini bersin».


Avvalroq Yulduz Usmonova Gulnora Karimovani qo‘llab-quvvatlagan xonandalarni tanqid qilgan va uni o‘g‘rilikda ayblagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Imon Karimova uning onasini o‘g‘rilikda ayblagan Yulduz Usmonovaga tashakkur izhor qildi