21:00 / 28.06.2019
3 346

Qarzdor ota chetga chiqish huquqini tiklash maqsadida 80 mln. so‘m to‘ladi

Qarzdor ota chetga chiqish huquqini tiklash maqsadida 80 mln. so‘m to‘ladi
Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 16.12.2013 yildagi sud buyrug‘iga ko‘ra J.E.dan voyaga yetmagan 2 nafar farzandlari ta’minoti uchun xar oyda oylik ish xaqi va boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan.

2014 yilning 18 fevralida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 421-moddasiga asosan qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan qarzdor J.E.ning chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Alimentchi ota J.E. O‘zbekiston hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishni so‘rab ariza bilan murojaat qildi.

Byuroning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan qarzdorga chetga chiqish maqsadida farzandlarining ta’minoti uchun ular voyaga yetguniga kadar bo‘lgan davr uchun oldindan jami 80.000.000 so‘m pul mablag‘lari to‘lovini amalga oshirish lozimligi borasida huquqiy tushuntirildi. Qarzdor ham hech ikkilanmay 80 mln. so‘mni pullarni to‘lab, chetga chiqish huquqini tikladi.

Hozirda ushbu ijro xujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 41-moddasiga asosan amalda to‘liq ijro qilinganligi sababli tamomlandi va qarzdorga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor ota chetga chiqish huquqini tiklash maqsadida 80 mln. so‘m to‘ladi