22:30 / 28.06.2019
6 136

Jizzaxda attraksion tutqichi sinib ketishi oqibatida bir qiz halok bo‘ldi (video 18+)

Jizzaxda attraksion tutqichi sinib ketishi oqibatida bir qiz halok bo‘ldi (video 18+)
28 iyun kuni soat 12:05da Jizzax shahri, Navro‘z mahallasi hududidagi «Istiqlol» bolalar bog‘ida «Uchar likopcha» attraksioni tutqichi sinib, yerga qulagan. Baxtsiz hodisa oqibatida bir qiz fojiaviy tarzda hayotdan ko‘z yumgan.

Jizzax viloyati IIB Axborot multimedia guruhiga tayanib Kun.uz nashrining xabar berishicha, 1999 yilda tug‘ilgan M.H Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, «So‘loqli» mahallasida yashagan.

M.H.ning o‘limiga esa yerga yiqilish ortidan olingan tan jarohati sabab bo‘lgan. Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, attraksionga turli yoshda bo‘lgan 8 kishi chiqqan. Og‘ir ahvoldagi qizni tez tibbiy yordam mashinasini kutmasdan kasalxonaga olib ketishgan. Afsuski, qiz kasalxonga yetmay yo‘lda jon bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda attraksion tutqichi sinib ketishi oqibatida bir qiz halok bo‘ldi (video 18+)