09:39 / 29.06.2019
3 640

Bugun va ertaga Amir Temur xiyobonida harakat cheklanadi

Bugun va ertaga Amir Temur xiyobonida harakat cheklanadi
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
30 iyun kuni 16.00 da Toshkent shahrida Yoshlar kuni doirasida «Yoshlar-karting» ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Toshkent shahri markazidagi Amir Temur xiyobonida harakat cheklanishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Musobaqa shahar poygasi shaklida, 1,5 kmga yaqin masofada bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Amir Temur shox ko‘chasining Amir Temur hiyoboni aylanma yo‘lidagi qismi to‘liq, shuningdek, Amir Temur shox ko‘chasining Amir Temur hiyobonidan Istiqlol ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida transport vositalari harakati cheklanadi.

Ushbu holat bugun, 29 iyun kuni soat 21.00dan boshlanib, 30 iyun kuni soat 21.00gacha davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun va ertaga Amir Temur xiyobonida harakat cheklanadi