06:34 / 30.06.2019
3 822

Issiqko‘lda o‘zbekistonlik ayol cho‘kib ketdi

Issiqko‘lda o‘zbekistonlik ayol cho‘kib ketdi
Issiqko‘lda O‘zbekiston fuqarosining suvga cho‘kib ketishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 28 iyun kuni Issiqko‘ldagi «Kirgizkoye vzmore» sanatoriysi plyajida O‘zbekiston fuqarosi T.L. suvga cho‘kib halok bo‘lgan.

O‘zbekistonning Bishkekdagi elchixonasi Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan.

«Marhumaning qarindoshlariga jasadni O‘zbekistonga olib chiqish bo‘yicha konsullik-huquqiy masalalarni hal qilishda yordam berilmoqda», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Issiqko‘lda o‘zbekistonlik ayol cho‘kib ketdi