14:20 / 01.07.2019
5 826

Xorazm viloyati hokimligi: «Qizlar striptizi Urganchdagi restoranda bo‘lmagan»

Xorazm viloyati hokimligi: «Qizlar striptizi Urganchdagi restoranda bo‘lmagan»
Foto: «Xalq bilan muloqot»
Restoranda qizlar striptiz namoyish etayotgani aks etgan videodagi voqealar Xorazmda emas, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Poytaxt» restoranida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi «Daryo»ga ma’lum qildi.

Avvalroq, Facebook’dagi «Xalq bilan muloqot» guruhida Urganch shahrida joylashgan restoranlarda g‘arbdan qolishmaydigan tomosha haqida post joylashtirilgan. Unda Urganchdagi restoranlardan birida qizlar yarim-yalang‘och yechinib, striptiz tushayotgani va odamlar ularga pul qistirib, telefoniga suratga olish bilan ovora ekanligi aytilgan.

Xorazm viloyati hokimligi xodimi Iftixor Rajabboyevning ma’lum qilishicha, videoda aks etgan voqea Sankt-Peterburg shahridagi «Poytaxt» restoranida bo‘lib o‘tgan.

«Ushbu video Xorazm viloyatida emas, 17 iyun kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Poytaxt» restoranida olingan. O‘sha yerda mehmon bo‘lgan xorazmlik yigitlar bilan birma-bir gaplashdik. Ular buni tasdiqladi», — dedi hokimlik vakili.

Iftixor Rajabboyevning qo‘shimcha qilishicha, tarmoqlarda tarqalgan video bo‘yicha viloyat ichki ishlar boshqrmasi surishtiruv olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazm viloyati hokimligi: «Qizlar striptizi Urganchdagi restoranda bo‘lmagan»