21:15 / 02.07.2019
3 657

«Ahmadboy ishi»: Uchinchi ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda

«Ahmadboy ishi»: Uchinchi ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda
Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni – 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha uchinchi ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati vakili Aziz Obidovning Kun.uz’ga xabar berishicha, mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi X. Shermuhamedov raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

Sudlanuvchilar A. Tursunboyev va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Hozirgi kunda sud tergovi o‘tkazilmoqda. Bugunga kelib 170 dan ziyod jabrlanuvchilarning 90 dan ortig‘i so‘roq qilindi.
Sud jarayoni davom etmoqda. Keyingi sud majlisi 3 iyul kuni o‘tkaziladi.

Bundan oldin, Ahmadjon Tursunboyevga yana bir jinoyat ishi bo‘yicha hukm o‘qilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ahmadboy ishi»: Uchinchi ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda