11:01 / 04.07.2019
3 802

Muhandisning nayrangi fosh bo‘ldi

Muhandisning nayrangi fosh bo‘ldi
Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limining tezkor xodimlari tomonidan joriy yilning 25 may kuni tumandagi “Yerkindarya” OFY hududida energiya resurslari va suvdan qoidabuzarliklarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbir natijasida, Q.J.ning ta’minotchi korxonalarning birida muhandis vazifasida ishlab kelib, oddiy iste’molchilarga o‘rnak bo‘lishi o‘rniga, o‘zining yangidan qurilayotgan uyida, quvvati 1,5 kVt bo‘lgan o‘t maydalovchi uskunasidan o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanib o‘tirganligi aniqlangan va bu bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Fuqaro Q.J. ushbu qilmishi oqibatida o‘zi ishlaydigan elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga jami 2.952.000 so‘m zarar keltirilganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holat yuzasidan, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan fuqaro Q.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 101-moddasi bilan eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

Hozirgi kunga kelib keltirilgan zarar va qo‘llanilgan jarima to‘lig‘i bilan undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muhandisning nayrangi fosh bo‘ldi