09:10 / 05.07.2019
4 194

Yangi o‘quv yili uchun qabul kvotalari soni keskin ravishda oshirildi

Yangi o‘quv yili uchun qabul kvotalari soni keskin ravishda oshirildi
O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida OTMlarga qabul kvotalari qariyb 20 foizga oshirilib, 120 mingdan ortiq abituriyent talabalikka qabul qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Rivojlanayotgan sohalar uchun zarur bo‘lgan hamda ish beruvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga qabul amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Andijon davlat universitida 8 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 2 ta yangi magistratura mutaxassisliklarida qabul amalga oshiriladi.

Andijon mashinasozlik institutida esa 3 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 2 ta magistratura mutaxassisligida qabul amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi o‘quv yili uchun qabul kvotalari soni keskin ravishda oshirildi