07:10 / 06.07.2019
3 051

Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi tahrirdagi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qonun loyihasida quyidagi yangiliklar nazarda tutilmoqda:

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi sifatidagi huquqiy maqomi belgilanmoqda;

Vazirlar Mahkamasi faoliyatining hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayotga muvofiq holda hokimiyat tarmoqlarining bo‘linishi va hamkorligi, ochiqlik va shaffoflik kabi yangi prinsiplari nazarda tutilmoqda;

Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot, byudjet, moliya, pul-kredit siyosati; ijtimoiy, madaniy-gumanitar, ekologiya; hududlarni rivojlantirish; tashqi siyosat; investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat; axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari; jamoat tartibini saqlash, mudofaa va xavfsizlik sohalaridagi vakolatlari belgilab berilmoqda;

Hukumat faoliyatini tashkil etishning yangi ish uslublari, shu jumladan, hududlarda Vazirlar Mahkamasining mavzuli sayyor majlislarini o‘tkazish tartibi nazarda tutilmoqda;

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Hukumat a’zolarining vakolatlari va javobgarligi, shuningdek, ularni lavozimga tayinlash
va ozod etish tartibi belgilanmoqda;

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Administratsiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda siyosiy partiyalar bilan o‘zaro munosabatlarining xususiyatlari belgilab berilmoqda;

Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini o‘tkazish tartibi, Hukumat va uning Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar ro‘yxati mustahkamlanmoqda;

Hukumat a’zolari va Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining ijtimoiy himoyasi kafolatlari belgilanmoqda;

Vazirlar Mahkamasi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, xususan, hukumat faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibi belgilanmoqda.

Yuqoridagi qonun loyihasi qabul qilinishi bilan:

- Vazirlar Mahkamasi tashkil etishning sifat jihatidan yangi, samarali usullari va zamonaviy mexanizmlari joriy etiladi;
- Hukumat a’zolarining davlat siyosati amalga oshirilishi va biriktirilgan sohalarda aniq natijalarga erishish uchun shaxsiy mas’uliyati oshiriladi;
- Vazirlar Mahkamasining tarmoq va sohalardagi vakolatlari aniq belgilab berilgan holda, uning ushbu sohalarni rivojlantirish bo‘yicha javobgarligi kuchaytiriladi;
- ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi turli darajadagi qonun hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunda mujassamlashadi;
- sohaga doir huquqni qo‘llash amaliyotining aniq va bir xilda bo‘lishi ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinadi