09:30 / 06.07.2019
5 606

«Internetdagi gaplar dilimni og‘ritdi». Prezident Shuhratbek Abdurahmonovga tanbeh berdi

«Internetdagi gaplar dilimni og‘ritdi». Prezident Shuhratbek Abdurahmonovga tanbeh berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyul kuni birinchi yarim yillikda davlat byudjetiga tushumlar natijadorligini tahlil qilish va yangi vazifalarni belgilash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.

Kun.uz xabariga ko‘ra, yig‘ilish yakunida prezident Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovni tanqid qildi.

Prezident internetda viloyat hokimi bilan bog‘liq xabarlarni kuzatganini, Andijon viloyatida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlardan ko‘ngli to‘lmayotganini aytib o‘tgan.

«Seni hurmat qilaman. Lekin internetdagi gaplar dilimni og‘ritdi. Og‘ir-bosiq bo‘l. Sadoqat boshqa, amal boshqa», degan prezident.

O‘z navbatida hokim yo‘l qo‘ygan xatolarini tushunib yetganini aytib, bu holat uchun uzr so‘ragan va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati hokimi avvaliga prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi vaqtida ko‘zbo‘yamachilik qilingani haqida xabarlar shov-shuv bo‘lgandi. Keyinroq uning viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bir qator vazir va boshqa mansabdorlarni haqorat qilgani yozilgan audio tarqaldi hamda keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Internetdagi gaplar dilimni og‘ritdi». Prezident Shuhratbek Abdurahmonovga tanbeh berdi