14:53 / 07.07.2019
3 201

Davlat qanday rivojlanadi? O‘qituvchilar Singapur tajribasini esladi

Davlat qanday rivojlanadi? O‘qituvchilar Singapur tajribasini esladi
Foto: «Google.com»
Umumiy o‘rta ta’lim va o‘qituvchilarga oid yangiliklar berib boriladigan kanalda Singapur tajribasi va Singapur davlatining sobiq bosh vaziri Li Kuanning so‘zlari eslandi.

«Ko‘pchilik mendan Singapurning rivojlangani haqida sӯrab, shunday savol berishadi: «Qanday qilib ulkan davlatdan ajralib chiqib, mittigina hudud bilan rivojlangan davlatga aylandinglar? Bu «mo‘’jiza»ni qanday amalga oshirdingiz?»

Ularga javoban shunday dedim: «Men Singapurda mo‘’jiza yaratmadim. Men faqat Vatanim oldidagi burchimni bajardim, xolos. Davlat byudjetini ta’limga yo‘naltirdim. Muallimni eng quyi tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga ko‘tardim. Davlatdagi «mo‘’jiza»larni amalga oshirgan insonlar — muallimlardir. Ular ilm, axloq, mehnat va haqiqatni sevadigan, kamtar avlodni yetishtirib chiqardilar. Buning uchun ulardan minnatdormiz!» — degan edi Li Kuan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hamon o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etilishi holatlari uchrab turibdi. Xususan, Xalq ta’limi vazirligi Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylashgan 54 ta maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat qanday rivojlanadi? O‘qituvchilar Singapur tajribasini esladi