18:20 / 07.07.2019
8 059

Yulduz Usmonova Imon Karimovaning iddaolari haqida: "Qo‘shiqlar ayttirilgan, ust-boshlar pulga oldirilgan. Hech kimdan qarzim yo‘q" (video)

Yulduz Usmonova Imon Karimovaning iddaolari haqida: "Qo‘shiqlar ayttirilgan, ust-boshlar pulga oldirilgan. Hech kimdan qarzim yo‘q" (video)
Yulduz Usmonova Gulnora Karimovaning qizi Imonning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan iddaolariga javob qaytardi.

Xonanda hozirda yangi albomlar ustida ishlayotgani, internetni titkilashga vaqti bo‘lmayotgani, biroq uzunquloq gaplar unga ham yetib kelganini bildirgan.

«Turkiyaga haydalgan paytim bizni hurmat qilmaysizmi deb, buyurtma qilib ashulalar ayttirilgan. Kolleksiyamizni qo‘llab-quvvatlamaysizmi deya ust-boshlar kiydirilgan. 2800 dollarga uchta narsa olingan. Yana 3,5 mingga sumka oldirishgan. Hech narsa qarzga yo tekinga olinmagan», — deydi qo‘shiqchi.

Yulduz Usmonova Gulnora Karimova bilan «yaqinligi» masalasiga ham oydinlik kiritgan.

«Do‘stlik masalasiga kelsak, osh-qatiq bo‘lgan joyim yo‘q. Marosimlariga xalqning e’tibori kerak bo‘lsa qo‘ng‘iroq qilishardi, yonimdan chipta olib kelardim ashula aytgani. Uch kundan so‘ng yana chiqarib yuborishardi, bundan ortiq qolish mumkin emasdi», — deya eslaydi Usmonova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yulduz Usmonova Imon Karimovaning iddaolari haqida: "Qo‘shiqlar ayttirilgan, ust-boshlar pulga oldirilgan. Hech kimdan qarzim yo‘q" (video)