Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) tomonidan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi va uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqildi.
Norma’ning yozishicha, hujjat sohada mavjud muammolarni aniqlash, asosiy maqsadlarni va rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari va tamoyillarini belgilash orqali "Elektron hukumat" tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi.
Konsepsiya loyihasi ochiqlikni va aholining elektron ishtirokini, axborot xavfsizligini ta’minlash, ishonch munosabatlarini shakllantirish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Konsepsiyani va uni amalga oshirish bo‘yicha har yili ishlab chiqiladigan “Yo‘l xaritalari”ning sifati va samaradorligi asosiy ko‘rsatkichlarga erishilganligini baholash orqali aniqlanadi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Hujjatga taklif va mulohazalarni [email protected] manzili bo‘yicha LBMA elektron pochtasiga ham yuborish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi