17:38 / 08.07.2019
3 618

Firibgarning "qilmishi" fosh etildi

Firibgarning "qilmishi" fosh etildi
Majburiy ijro byurosi Urgut tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Urgut tumani “Jartepa” mahallasida yashovchi fuqaro J.N. ning arizasiga asosan tekshirish o‘tkazildi.

Tekshirish harakatlari davomida ta’minotchi korxonalarning birida ishlovchi montyor Sh.P. firibgarlik yo‘li bilan 2015 yil va 2018 yil kuz oylarida fuqaro J.N.ni aldab, uning ishonchini suiiste’mol qilganligi aniqlandi.

Ya’ni unga elektr hisoblash uskunasini o‘rnatish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish vakolati bo‘lmasa-da, elektr hisoblash uskunasini elektr ta’minoti korxonasining kompyuter bazasiga kiritib berishini va’da qilgan. Evaziga 400 ming so‘m pullarni fuqaro J.N.ning yashash xonadonida firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, Sh.P. o‘zining hamkasbi A.E. orqali 2019 yil may oyida Urgut tumani “Tinchlik” mahallasida yashovchi fuqaro A.B. dan elektr energiyasidan foydalanish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 200 ming so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Majburiy ijro byurosi Urgut tuman bo‘limi tomonidan Sh.P. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Firibgarning "qilmishi" fosh etildi