O‘zbekistonda bepul yuridik yordam to‘g‘risida qonun qabul qilinadi

  • 08 iyul 2019, 19:15
  • 415
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonda bepul yuridik yordam to‘g‘risida qonun qabul qilinadi
    Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

    Loyihaga asosan:
    - bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimining boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solish bo‘yicha yagona tizim;
    - ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoiy sud ishini yuritish bilan birga ma’muriy va fuqarolik ishlarida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;
    - bepul yuridik yordam olish huquqi kafolatlangan shaxslar toifalari hamda bunday yordamni ko‘rsatish shartlari;
    - bepul yuridik yordam turlari, shakllari va amalga oshirish usullari;
    - davlat hisobidan jalb qilingan advokatlarning faoliyati natijadorligi va sifatini baholash;
    - advokatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, yuridik klinika va boshqa sub’ektlar tomonidan bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatish tartibi nazarda tutilmoqda.

    » » O‘zbekistonda bepul yuridik yordam to‘g‘risida qonun qabul qilinadi