17:26 / 09.07.2019
5 868

Erkin Komilov: "Onam yigirma ikki farzandni dunyoga keltirgan, men o‘n to‘qqizinchisiman"

Erkin Komilov: "Onam yigirma ikki farzandni dunyoga keltirgan, men o‘n to‘qqizinchisiman"
Foto: Zarnews
O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Erkin Komilov «Vatanparvar» gazetasiga bergan intervyusida oilasi haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Onam 22 ta farzandni dunyoga keltirgan, men o‘n to‘qqizinchisiman. Hamma bolalari qizamiqdan, tepkidan o‘lavergach, otam ismimni avval Tangriberdi, keyin esa polvon bola, erkin bo‘lib o‘ssin, deya Erkin qo‘yishgan ekan», — deb aytgan.

Shuningdek, avvalgi davrlar bilan hozirni taqqoslab, odamlar noshukurlik qilayotganini ta’kidlab o‘tgan.

«Odamlar dasturxonga 2 ta turshak, bir hovuch mayiz bilan bir burda zog‘ora nonni qo‘yib, mehmonni kutib olaverardi. Oqibat yaxshi edi-da, u paytlar. Hozir dasturxonimizda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q, to‘kin, lekin ayrimlar borgan joyidan, ‘palon narsani qo‘ymapti’ deb chiqib ketishyapti. Bu noshukurlik emasmi?» — degan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erkin Komilov: "Onam yigirma ikki farzandni dunyoga keltirgan, men o‘n to‘qqizinchisiman"