09:39 / 10.07.2019
5 647

MIB tabiiy gaz uchun to‘lovlarni yig‘ish huquqidan mahrum bo‘ladi

MIB tabiiy gaz uchun to‘lovlarni yig‘ish huquqidan mahrum bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi:

a) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarni qayta tashkil qilish bo‘yicha har bir tadbirning aniq amalga oshirish muddati va mas’ul shaxslar ko‘rsatilgan chora-tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi, bunda qayta tashkil qilinayotgan “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ tashkilotlarining aktivlari va majburiyatlarini xatlovdan o‘tkazish, korporativ boshqaruvning zamonaviy shakllarini joriy qilish, ushbu aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni jalb qilish nazarda tutiladi;

b) Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 oktyabrga qadar XMI/XHMT va xalqaro konsalting kompaniyalarining texnik ko‘magida “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgazta’minot” AJdagi rahbarlik lavozimlariga neft-gaz tarmog‘idagi yirik xorijiy kompaniyalarda yoki xalqaro boshqaruv kompaniyalarida ishlash tajribasiga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

v) 2019 yil 1 sentyabrga qadar Gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli uskunalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, iste’molchilarga tabiiy gazni sotish funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bajarish uchun gaz ta’minoti ob’ektlarini xususiy operatorlarga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin, bunda, shu jumladan, investorlarni tanlash, shartnomani tuzish va bekor qilish, shuningdek, vositachilik to‘lovlari miqdorini belgilash va to‘lash, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining boshqaruvga beriladigan hududda tabiiy gaz uchun to‘lovlarni yig‘ish bo‘yicha vazifalarini ularga berish tartibi va investorlarga qo‘yiladigan boshqa talablar ko‘zda tutiladi;

g) 2019 yil 1 sentyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan va ishlab chiqilayotgan investitsiya loyihalarining doimiy monitoringi, foydalanilayotgan konlar va quduqlar supervayzingini amalga oshirish uchun xalqaro muhandislik-maslahat kompaniyalarini jalb qilishni ko‘zda tutuvchi tartibni ishlab chiqadi;

d) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda 2019 yil 1 oktyabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga uglevodorod xomashyosining yangi konlarini aniqlash, zaxiralarni ko‘paytirish maqsadida respublika uglevodorod xomashyosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, geologiya qidiruv ishlarining samaradorligi va unumdorligini oshirish bo‘yicha funksiyalarni berish;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga geologiya-qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha amaldagi loyihalarni, xatlovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha istiqbolli uchastkalar, investitsion bloklar va uglevodorod xomashyosi konlariga doir mavjud fond va boshqa materiallarni berish;

mavjud geofizik va burg‘ilash uskunalari, chuqur ilmtalab qiladigan texnologiyalar, dasturiy mahsulotlar hamda zarur maxsus va avtotransport texnikasini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilishni hisobga olib, 2020 yildan boshlab uglevodorod xomashyosi bo‘yicha olib boriladigan geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish manbalari etib O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘larini belgilash.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB tabiiy gaz uchun to‘lovlarni yig‘ish huquqidan mahrum bo‘ladi