2019 yil 9 iyul kuni soat 21:40 atrofida «Qo‘yliq» dehqon bozori yonidagi ko‘prik ustidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi.
Voqeani ko‘rib befarq bo‘lmagan aholining sa’y-harakatlari natijasida IIB xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi o‘z vaqtida yetib kelgan. Qaltis vaziyatda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining tezkor va ishonchli harakati ayol hayotini saqlab qoldi.
Shundan so‘ng fuqaro hudud IIB bo‘linmasiga olib borilgan va u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Suhbat natijasida fuqaro 1992 yil 15 iyunda Toshkent viloyati Nurafshon shahrida tug‘ilgan A.B. ekanligi, turmush o‘rtog‘i B.E. bilan oilaviy janjallar sababli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda fuqaro A.B. ga tibbiy va ruhiy yordam berish maqsadida mutaxassislar jalb qilingan, deyiladi Milliy gvardiya matbuot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi