17:05 / 10.07.2019
3 556

Jizzaxda YXHB inspektorining pogonini yulgan fuqaro qo‘lga olindi

Jizzaxda YXHB inspektorining pogonini yulgan fuqaro qo‘lga olindi
Foto: «Google.com»
Joriy yilning 7 iyul kuni soat 18:30 larda Jizzax viloyati IIB YXHB inspektori O.Q. Jizzax shahar, «Eski shahar dehqon bozori» hududida xizmat vazifasini bajarib, «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchisiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtda, shu yerdan o‘tib borayotgan fuqaro S.N. (1988 y.t.) mast holatda, IIB YXHB xodimlarini oldiga kelib, ularni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

IIB YXHB xodimlari uni tinchlantirmoqchi bo‘lganida, ularga qarshilik ko‘rsatib, O.Q.ning pogonini yulib olib, uni urib, bo‘yin sohasi va chap yelka sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan S.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: prokuratura.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda YXHB inspektorining pogonini yulgan fuqaro qo‘lga olindi