00:23 / 11.07.2019
2 273

Allamjonov OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiya ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi

Allamjonov OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiya ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov OAV erkinligi bo‘yicha Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida bo‘lib o‘tayotgan Global konferensiya ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.

Komil Allamjonov o‘z nutqi avvalida mazkur xalqaro konferensiya qatnashchilariga murojaat etish imkoniyati berilgani uchun Buyuk Britaniya va Kanada Tashqi ishlar vazirliklariga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Murojaatda boshlangan jadal islohotlar boshqa sohalar qatori axborot maydonining birdaniga jonlanishiga olib kelgani, matbuot uchun yopiq eshiklar ochilib, jurnalistlar ham go‘yoki uzoq qishki uyqudan seskanib uyg‘ongandek bo‘lgani, asta-sekin o‘ziga bo‘lgan ishonchi paydo bo‘la boshlagani, eng muhimi odamlarning axborotga, ochiqlikka bo‘lgan talabi ham orta boshlagani aytilgan.

«O‘zbekistonda uzoq yillar davomida yopiq bo‘lgan bir qator xorijiy axborot resurslari va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari veb-saytlariga to‘liq kirish imkoniyati tiklandi.

Hozirgi vaqtda blogerlar huquqini jurnalistlarga tenglashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjat loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Mutassaddilar tomonidan jurnalistlar faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish va ayni vaqtda jurnalistlar uchun qonunda belgilangan jazolarni hamda «haqorat» va «tuhmat» moddalari bo‘yicha jazoni yengillashtirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlari loyihalari ham tayyorlanmoqda», — dedi K.Allamjonov.

Ma’lumot o‘rnida, OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiya ilk marta o‘tkazilmoqda. U himoya va ta’qib qilish, shuningdek, jazoga tortilmaslik; milliy ramkalar va qonunchilik; OAVga ishonchni mutahkamlash va xabarlarni buzib ko‘rsatilishiga qarshi ta’sir; OAVning barqarorligi kabi to‘rt mavzudan iborat bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Allamjonov OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiya ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi