14:29 / 11.07.2019
2 346

Daniel Rozenblyum: «Jurnalistlarga o‘z ishini qilishiga imkon berish kerak»

Daniel Rozenblyum: «Jurnalistlarga o‘z ishini qilishiga imkon berish kerak»
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum Toshkentda jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda elchiga O‘zbekistondagi matbuot sohasi haqida savol berildi.

«Ommaviy axborot vositalari sohasidagi vaziyat ancha katta mavzu. Biz ommaviy axborot vositalari erkinligi, jurnalistika sohasiga chuqur ishonamiz. Jurnalistika sohasi juda muhim bo‘lib, uni himoya qilish talab etiladi. Jurnalistlarga o‘z ishini qilishiga imkon berish kerak, sababi Qo‘shma Shtatlar jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash tarafdori.

Biz ommaviy axborot vositalari sohasidagi vaziyatni juda jiddiy kuzatib bormoqdamiz. So‘nggi bir necha yil ichida ushbu sohada ijobiy o‘zgarishlar yuz bergani, nisbatan erkin matbuot uchun ochiqlik jarayoni kuzatilganini ta’kidladik. Biz ushbu jarayonni kuzatishda davom etamiz. OAV xodimlari, hukumat vakillari bilan bu masala bo‘yicha hamkorlik qilyapmiz. Kuni kecha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov bilan uchrashdim. Uchrashuvda OAV faoliyati yuzasidan fikr almashdik», - dedi elchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Daniel Rozenblyum: «Jurnalistlarga o‘z ishini qilishiga imkon berish kerak»