21:10 / 11.07.2019
3 737

Elmira Bositxonova: «Har bir mahallada 30 nafar «Anzirat buvi»lar bo‘ladi»

Elmira Bositxonova: «Har bir mahallada 30 nafar «Anzirat buvi»lar bo‘ladi»
Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati
Bugun, 11 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Oiladagi zo‘ravonlik masalalari, turli vaziyatlar tahlili va bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida brifing tashkil etildi. Unda Xotin-qizlar qo‘mitasining ayollar huquqlarini himoya qilishda amalga oshirayotgan harakatlari to‘g‘risida hisoboti tinglandi.

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati
Qo‘mita raisi Elmira Bositxonova har bir mahallada xotin-qizlar qo‘mitasining boshlang‘ich tashkilotini tuzilishi to‘g‘risida gapirdi. Mahallada jami 30 nafar “Anzirat buvi”lardan iborat 5 ta guruh o‘z faoliyatini olib boradi. Tarkib quyidagilardan iborat bo‘ladi:

· MFY mutaxassisi (oilaga kirish guruhi). 6 kishi.
· Oilaviy shifokor (salomatlik maktabi guruhi). 6 kishi.
· Mahalladagi o‘qituvchi (ta’lim-tarbiya guruhi). 6 kishi.
· Mahalladagi tadbirkor (bandlikni ta’minlash va tadbirkorlik guruhi). 6 kishi.
· Profilaktika inspektori (jinoyatchilik profilaktikasi guruhi). 6 kishi.

30 nafar ayol aynan o‘zi istiqomat qilayotgan mahalladan tanlab olinadi. Chunki ular o‘zlari yashayotgan hudud aholisi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishadi va ularda mavjud vaziyatga to‘g‘ri baho berish, muammoni ildizini aniqlab, o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elmira Bositxonova: «Har bir mahallada 30 nafar «Anzirat buvi»lar bo‘ladi»