Joriy yilning 23 iyul kuni Anqaradagi Sheraton mehmonxonasida Turkiya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. Forumni Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay hamda O‘zbekiston Bosh Vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev ochib berishadi. Bu haqda Turkiya nashrlari xabar bermoqda.
Forum ishida O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Laziz Qudratov, Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamahmudov va boshqa yuqori martabali mutasaddilar ishtirok etishadi.
Turkiya-O‘zbekiston biznes-forumi energetika, oziq-ovqat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, avtomobilsozlik va tibbiyot kabi sohalarda faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari hamda davlat idoralari vakillarining ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Forum doirasida bo‘lib o‘tadigan sessiyalarda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Forumning yakuniy qismida ikki mamlakat kompaniyalari vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»