11:35 / 12.07.2019
3 442

Moskvada miyasining yarmi yo‘q bemor aniqlandi

Moskvada miyasining yarmi yo‘q bemor aniqlandi
Moskva yaqinida joylashgan shifoxonaning nevrologlari boshida chap yarimshari yo‘q insonga duch keldi. Bu haqda «MK.ru»ga tayanib Daryo yozmoqda.

60 yoshdan oshgan bu inson boshidagi nuqsoniga qaramay armiyada xizmat qilgan, oila qurgan, o‘z kamchiligi haqida umuman bexabar bo‘lgan.

«Ishemik kasallik sabab shifoxonaga olib kelingan bemor kompyuter tomografiyasidan o‘tkazilganida, nafaqaxo‘rning chap yarimshar miyasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Nevrologlar ushbu inson miyasining funksiyasini butun hayoti davomida qolgan yarimshar bajarib kelganini aniqladi», — deydi Ekstrapiramid kasalliklar va ruhiy sog‘liq federal markazi shifokori Marina Anikina.

Ishemik xuruj to‘xtagani sabab, erkakka uyiga ketish uchun ruxsat berilgan. U miyasining yarmi yo‘qligini o‘ylashni ham istamasligini bildirib, keyingi tadqiqotlarda ishtirok etishdan bosh tortgan.

Noodatiy bemor bilan o‘tkazilgan suhbatda ma’lum bo‘lishicha, erkak normal hayot kechirgan. Maktabni muvaffaqiyatli tugatib, institutga kirgan, muhandis. Oilali, ikki nafar farzandi bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moskvada miyasining yarmi yo‘q bemor aniqlandi