14:47 / 12.07.2019
4 026

Hokim nomidan kafolat xati olib berish uchun 50 000 dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Hokim nomidan kafolat xati olib berish uchun 50 000 dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi
2019 yil 8 iyul kuni Navoiy shahrida yashovchi 40 yoshli J.N. huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U Navbahor tumanida yashovchi 50 yoshli A.X. va Qiziltepa tumanida yashovchi 55 yoshli R.Ya. unga “2019 yil Obod qishloq” Davlat dasturiga asosan Konimex tumani Ko‘kcha massivida qurilishi rejalashtirilgan 4 ta qurilish ob’ektlari uchun Konimex tuman xokimi nomidan kafolat xati olib berish evaziga undan 50 000 AQSh dollari talab qilayotganliklarini ma’lum qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida A.X. va R.Ya. Navoiy shahrida joylashgan “Tojmahal” kafesida J.N.dan 50 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtlarida ushlanganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hokim nomidan kafolat xati olib berish uchun 50 000 dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi